“Fohishaxonalarni yopmaymiz. Chunki, u bizga foyda keltiryapti”. Advokat aslida nima degandi? (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mahalla” telekanalidagi “Minbar” ko‘rsatuvining giyohvand moddalar aylanmasiga bag‘ishlangan sonida advokat Amrullo Ahmedovning fohishaxonalar haqidagi fikri keng tarqalmoqda. Tarmoqda tarqalayotgan videoda advokat fohishaxonalar kerakligini aytayotganini ko‘rish mumkin.

“Nima uchun biz diskotekalarni ochib qo‘yyapmiz? Nima uchun biz uni nazorat qilmaymiz? Mana hozir huquq analogiyasi tomonidan oladigan bo‘lsak, fohishaxonalar bormi bizda!? Nima uchun yopmaymiz? Uni yopish imkoniyati bor. Bitta tadbir e’lon qilinsa, hammasini yoppasiga yopish mumkin. Uni yopmaymiz, chunki u bizga foyda keltiradi. Qanday foyda keltiradi? U yerda qaysi bir jinoyatchini aniqlaymiz. U yerdan fohisha orqali mana narkotik vositalari tarqatiladi. Chunki, aynan fohishaxonaga tashrif buyuruvchi bitta shaxs va fohisha o‘rtasida telefonda muloqot bo‘lyapti. Fohisha agar shu giyohvandlik vositasini olib kelsang, senga xizmatimi tekin bo‘ladi deyapti”, deya advokat bildirgan fikrlarning bir qismi tarqatilgan.

Xo‘sh, huquqshunos haqiqatan ham fohishaxonalar kerakligini aytib chiqdimi? Albatta, yo‘q. Faqatgina buni anglash uchun advokatning fikriga to‘lig‘icha quloq tutish kerak. Advokat yuqorida keltirilgan fikrlari davomida shunday deydi:

“... U qaysidir joydan giyohvandlik vositasini olib kelyapti va fohishani oldiga kirgan vaqtida tadbir bo‘lib, ushlanyapti.

Nega bunga yo‘l qo‘yib beryapmiz? Qaysidir talabaga, o‘g‘limizga shunga moyillik yaratib beryapmizmi, giyohvand moddasi olib kelgin deb. “U giyohvandlik moddasi topolmayman” deb aytyapti. “Men senga Telegram botini aytaman. Shundan olib kelgin”, deyapti. Instagram’da yozishmalar bo‘lyapti, unga qayerdan olishini aytyapti. Oxir-oqibatda u ichki ishlarda maxsus arizachi bo‘lib chiqqanda, biz buni qanday tushunishimiz kerak?”

Advokat Amrullo Ahmedovning o‘zi ham fikri kontekstdan yulib, tarqatilganiga munosabat bildirgan.

“Hurmatli vatandoshlar! Kecha “Mahalla” TV orqali efirga uzatilgan “Minbar” ko‘rsatuvidan parcha olingan keng tarqalgan kontekst videoda aslida boshqa maqsadga aytilgan fikrlar tashlab yuborilgan holda ommaning e’tiborini tortish va menga nisbatan yomon fikr uyg‘otish uchun montaj qilingan.

Shaxsan menga bu holatdan kim yoki qaysi tashkilot manfaatdor bo‘lishi ma’lum emas. Lekin fohishalar yordamida narkobiznesni targ‘ib qilish, yoshlarimizni jinoyat sodir etish yo‘liga yetaklash noto‘g‘ri usul ekanligini va bundan voz kechish zarurligi ta’kidlamoqchi bo‘lib aytilgan fikrlarim shunchaki qirqib tashlangan.

Ushbu nutqimda biz deb gapirganimning boisi ham ushbu illatga barchamiz mas’ul ekanligimizni bildiradi.

Shaxsan man, qaysidir tizimni tanqid qilish bilan emas balki, fohishalar orqali narkobiznes va boshqa jinoyatlarni targ‘ib etish holatlariga chek qo‘yishimiz  va shu orqali eski uslubdan voz kechish zarurligini ta’kidlagandim”, deydi advokat.


Maqola muallifi

Teglar

giyohvand modda advokat fohisha

Baholaganlar

2285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing