FIFA “Finalissima” bo‘yicha muhim qaror qabul qildi

Sport

image

FIFA Yevropa va Janubiy Amerika qit’asining chempionlari o‘rtasida o‘tkaziladigan bitta o‘yindan iborat “Finalissima”ning maqomini o‘rtoqlik o‘yini bilan tenglashtirdi. Bu haqda jurnalist Aleksisa Martina Tamayo xabar berdi.

Qayd etish joizki, joriy yilning iyun oyi boshida Argentina terma jamoasi Italiyani mag‘lub etib, bitta o‘yindan iborat ushbu musobaqaning g‘olibiga aylangandi.

Argentinaliklar “Finalissima”da Amerika kubogi g‘olibi sifatida, italiyaliklar esa Yevropa chempioni sifatida ishtirok etgandi. Ushbu uchrashuvdagi g‘alaba uchun Argentina terma jamoasiga 10 ball berilgan. FIFA o‘rtoqlik o‘yinlaridagi g‘alaba uchun ham aynan shuncha ochko beradi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

242

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing