UFC 249. Jastin Getji Toni Fergyusonni mag‘lubiyatga uchratdi (video)

Sport

Amerikalik aralash kurash (MMA) jangchisi Jastin Getji Mutlaq janglar chempionatining (UFC) Florida shtati (AQSH) Jeksonvill shahrida o‘tgan UFC 249 musobaqasinining asosiy jangida vatandoshi Toni Fergyusonni texnik nokautga uchratib, g‘olib bo‘ldi.

Yengil vazn toifasidagi jang (70,3 kggacha) beshinchi raundda to‘xtatildi.

Endi Getji sovrinli jangda rossiyalik Habib Nurmuhamedov bilan jang qiladi.

Ma’lumot uchun, dastlab joriy yilning 19 aprel kuni Habib va Toni jangi o‘tkazilishi kerak edi. Biroq Nurmuhamedov koronavirus pandemiyasi sabab Rossiyadan keta olmadi va jangdan voz kechdi. Uning o‘rnini Getji to‘ldirdi.

Fergyuson shu vaqtgacha 29 ta jang o‘tkazib, 25 tasida g‘olib bo‘lgan va to‘rttasida mag‘lubiyatga uchragan. Getji esa 24 ta jang o‘tkazib, 22 tasida qo‘li baland kelgan. Faqatgina ikkita jangda mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toni Fergyuson Jastin Getji

Baholaganlar

555

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing