Farg‘onadagi YTHda Matiz yonib ketdi. Ikki ayol halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 23 fevral kuni Farg‘ona tumanida Lacetti-2 va Matiz ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaro Q.Sh. Lacetti-2 avtomashinasini Vodil-Farg‘ona avtomobil yo‘lining 7 kmda boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi S.I. boshqaruvidagi Matiz avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Natijada Matiz avtomashinasida uchqun chiqib yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi Q.T. ismli ayol hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, Matiz yo‘lovchisi J.M. ismli ayol shifoxonada vafot etgan. Haydovchilar Q.Sh. va S.I. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “Lasetti-2” avtomashina haydovchisi Q.Sh. protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing