Farg‘onada 9 yashar qizcha YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Farg‘ona viloyatida 9 yoshli qizaloq avtomobil urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa joriy yilning 27 aprel kuni soat 16:30 larda Tinchlikobod ko‘chasida sodir bo‘lgan. Fuqaro M.F. Damas atomashinasini boshqarib, qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan qiz B.M.ni urib yuborgan.

Natijada, qizaloq tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing