HAMAS Isroil bilan sulh tuzish shartini aytdi

Olam

image

Isroil armiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, tunda Isroil harbiylari tomonida HAMASning razvedka ob’ektlari, raketalarni uchirish joylari va boshqa punktlariga zarba berilgan.

“HAMAS terrorining badalini to‘lamoqda”, deyilgan Isroil armiyasining Twitter sahifasidagi xabarda.

Xabarda ta’kidlashicha, bu hujum 14 may kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil tomon 200 dan ortiq raketa uchirishiga javob bo‘lgan. Vaholanki Isroilning “Temir gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimi (HHMT) 100 dan raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uzluksiz raketa hujumlari natijasida Isroilda yetti nafar tinch aholi va bitta askar halok bo‘lgan, 200 dan ortiq kishi yaralangan.

HAMAS siyosiy byurosi raisi Xolid Mash’al 200 raketa uchirilgach, Falastin Isroil bilan sulhga tayyorligini aytgan. Buning uchun esa avvalo o‘t ochishni to‘xtatish kerakligi talab qilingan.

“Biz vositachilarni birinchi talab tajovuzni to‘xtatish birlamchi talab ekani haqida ogohlantirdik”, degan Mash’al.

HAMAS rahbari shuningdek, Isroil kuchishlatar tuzilmalarining darhol Al-Aqso masjidini tark etishini, ibodat qiluvchilar unga bemalol kirishi kerakligini, Shayx Jarroh mahallasi aholsini ko‘chirishni to‘xtatishni va so‘nggi to‘qnashuvlar vaqtida qo‘lga olinganlarni ozod qilishni talab qilgan.

Ammo Isroil tomoni HAMASning muzokara boshlash taklifi va dastlabki talablari yuzasidan hech qanday javob qaytarmagan.

Ma’lumot o‘rnida, 10 may juma kuni Isroil va Falastin o‘rtasida qurolli mojaro boshlanganidan buyon G‘azo sektoridan Isroil tomon 2000 dan ortiq raketalar otilgan. Ularning yarmini Isroilning “Temir gumabaz” havo hujumidun mudofaa tizimi bartaraf etgan.

Sardor Ali Nurmatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil-Falastin

Baholaganlar

464

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing