Eronning Islom inqilobi posbonlari korpusi qo‘mondoni AQSHni ogohlantirdi

Olam

image

Eron Islom Respublikasining Islom inqilobi posbonlari korpusi qo‘mondoni general-mayor Muhammad Ali Jafari AQSH harbiy-dengiz flotini ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Jafari AQSH Islom inqilobi posbonlari korpusini (IIPK) terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilganidan bir kun o‘tib, korpusning Fors ko‘rfazidagi katerlaridan uzoqroq suzishni tavsiya qildi.

“Janob Tramp, o‘zingizning harbiy kemalaringizga ayting, ular IIPKning katerlari yaqinidan o‘tmasin”, degan Muhammad Ali Jafari.

AQSH prezidenti Donald Tramp IIPKni terrorchi tashkilot deb tan oldi. AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo bu qarorga quyidagicha izoh berdi:

“AQSH tarixda birinchi marta xorij davlati hukumatining bir qismi bo‘lgan tuzilmani terrorchi tashkilot deb tan oldi. Eron hukumati terrorchilikdan davlat boshqaruvining bir qismi o‘laroq foydalanib kelayotgani uni boshqa hukumatlardan farqlanib turadi. Bu tarixiy qadam terrorchilikni moliyalashtirish bo‘yicha jahonning yetakchi davlatini dunyoga azob-uqubat va o‘lim tarqatish uchun zarur bo‘lgan mablag‘dan mosuvo qiladi”.

Ma’lumot uchun, Islom inqilobi posbonlari korpusi 1979 yilda tashkil etilgan Eronning eng qudratli harbiy-siyosiy tuzilmasi. Tuzilma Eron-Iroq urushida hamda “Hizbulloh” terrorchi tashkilotini tuzishda faol ishtirok etgan. Bo‘linma rasman Eron Qurolli kuchlarining bir qismi hisoblanadi.

AQSH, Saudiya Arabistoni, Bahrayn IIPKni rasman terrorchi tashkilot sifatida e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi

Baholaganlar

450

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing