Erdo‘g‘an uchinchi marta ham prezidentlikka nomzodini qo‘ydi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bo‘lajak prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surishini ma’lum qildi. Bu haqda uning o‘zi Izmirdagi nutqi davomida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Turkiyada navbatdagi umumiy saylovlar – ham prezidentlik, ham parlament saylovlari – 2023 yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadi. 

“Men "Xalq alyansi" nomzodiman, saylovlar kelasi yilning iyun oyida bo‘ladi”, deydi Erdo‘g‘an nutqi davomida.

Avvalroq, hukmron "Adolat va taraqqiyot" partiyasi (ATP) va Milliy harakat partiyasi (MHP) “Xalq alyansi”ni tuzgan edi.

“Prezidentlikka nomzodimiz aniq, bu Rajab Toyib Erdo‘g‘an. 2023 yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda janob Erdo‘g‘anning katta farq bilan g‘alaba qozonishiga ishonaman, “Xalq alyansi” ham yana bir g‘alaba qozonadi”, degan alyans tarkibiga kiruvchi "Milliy harakat" partiyasi rahbari Devlet Baxcheli.

Ba’zi doiralar, Prezident Erdo‘g‘anning endi nomzod bo‘lmasligi haqidagi “dushmanlikka yo‘g‘rilgan qora propaganda”ni allaqachon boshlaganini ta’kidlagan Baxcheli, bu da’voning qonuniy va konstitutsiyaviy asosi hamda ob’ektiv haqiqatga ega emasligini qo‘shimcha qildi.

“Erdo‘g‘an prezidentlik tizimining birinchi Prezidenti va uning yana nomzod bo‘lishi uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Prezidentning kamida uch muddatga saylanishi uchun zarur huquqiy tayyorgarlikni amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz va bunga erishamiz”, deb qo‘shimcha qildi Baxcheli.

Toyib Erdo‘g‘an 2003 yildan beri hokimiyat tepasida. U 2014 yilgacha Bosh vazir bo‘lgan. 2014 yil avgustida Erdo‘g‘an 51,8 foiz ovoz bilan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi (mamlakatdagi birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentlik saylovi).

2018 yilda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Erdo‘g‘an prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida 52,5 foiz saylovchining ovozi bilan g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya saylov Erdo'g'an

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing