Erdo‘g‘an Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi vaziyatni aql bilan hal etishga chaqirdi

Olam

image

O‘rta Yer dengizidagi keskinlikni Anqara emas, balki Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi manfaatlariga e’tibor bermaslikka harakat qilayotgan Kiprning Yunon qismi va Yunoniston kuchaytirmoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hukmron partiya idorasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aytib o‘tdi. 

Davlat rahbari Turkiyaning bugungi kungacha Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi barcha qadamlari xalqaro huquqqa va Liviya bilan kelishuvga asoslanganligini ta’kidladi. 

“O‘rta Yer dengizidagi taranglik Anqara emas, balki Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi manfaatlariga e’tibor bermayotgan Kiprning Yunon qismi va Yunoniston tomonidan kuchaytirilmoqda. Yunoniston hamjamiyati 2003 yildan beri Kipr orolini o‘z mulki deb e’lon qildi, bunga haqqi bo‘lmagan holda, orolning kontinental shelfidagi neft va gaz konlarini qidirish uchun litsenziyalar beradi”, dedi Erdo‘g‘an.

Davlat rahbari Yunoniston va Kiprning yunon hamjamiyati mintaqaning uglevodorod resurslariga bo‘lgan Kipr turklarining huquqlarini himoya qilishga harakat qilayotganini ta’kidladi. 

"Yunonlarning noqonuniy harakatlarining yana bir maqsadi – Antaliya ko‘rfazidagi Sharqiy O‘rta Yer dengizining eng uzun qirg‘og‘i bo‘lgan Turkiyani "qamalga olish ". Anqara bu rejalar amalga oshishiga yo‘l qo‘ymasligini avval ham bir necha bor ta’kidlagan. Hech bir mamlakat, xorijiy kompaniya yoki kema bizning kontinental shelfimizda qidiruv yoki burg‘ulash ishlarini olib borolmaydi. Ammo so‘nggi paytlarda biz Yunoniston va Kiprning yunon jamoatchiligining noto‘g‘ri xatti-harakatlariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ular shuningdek, O‘rta Yer dengizining sharqiga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakat tomonidan “gij-gijlanmoqda”. Hech kim ularning ahamiyatini oshirib yubormasligi va mavjud vaziyatdan "shou" qilishga intilmasligi kerak”, deydi Erdo‘g‘an. 

Turkiya rahbari Anqara har doim diplomatiya va muzokaralar orqali Afina bilan bog‘liq masalalarni hal qilish tarafdori bo‘lib kelganini urg‘ulaydi. 

“Turkiya biron bir davlatning huquqini poymol qilmaydi, lekin shu bilan birga u o‘z huquqlarining buzilishiga ham yo‘l qo‘ymaydi. Sharqiy O‘rta Yer dengizi bo‘yicha biron bir kelishuv yoki tashabbus Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Turkiyaning ishtirokisiz amal qila olmaydi”, dedi u.

Erdo‘g‘an, “Oruç Reis” seysmik tadqiqot kemasi 10 avgust kuni Turkiyaning kontinental shelfida uglevodorodlar qidiruv ishlarini boshlaganini eslatdi. 

2012 yilda Turkiya hukumati ushbu sohalar uchun Turk Petroliga litsenziyalar berdi. 

Davlat rahbari litsenziya berilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Turkiya hukumatining rasmiy gazetasida e’lon qilinganligini ta’kidladi. 

“Yunoniston Egey va O‘rta Yer dengizlarida yomon pozitsiyani egallamoqda. Gretsiyaning Turkiya sohilidan 2 km uzoqlikda va Yunonistondan 580 km masofada joylashgan Meis orolida dengiz huquqiga oid so‘rovi uchun asosli izoh berish mumkin emas. 10 kvadrat kilometr maydonda 40 ming kvadrat kilometrlik hududiy suv bor deb ta’kidlash xalqaro huquq nuqtai nazaridan bema’ni va mantiqsizdir. Men yana Yunonistonni Turkiyaning huquqlarini hurmat qilishga chaqiraman”, dedi. 

Erdo‘g‘anga ko‘ra Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi muammoni muloqot va muzokaralar orqali hal qilish mumkin.

“Agar biz aql-idrok bilan ish tutsak, har kimning huquqi himoya qilinishi va hamma uchun foyda keltiradigan formulani topish mumkin. Turkiya na sarguzasht, na mojaroning tarafdori emas. Ammo, G‘arbiy Firotdagi birodarlarimizning huquqlarini buzganlar xalqaro huquqqa muvofiq javobgar bo‘ladilar. Men Yevropa Ittifoqiga murojaat qilmoqdaman. Gretsiya, YeI a’zosi sifatida, milliy ozchiliklarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaydimi? Yevropa Ittifoqi Afinadan izoh talab qilishi kerak”, deydi Turkiya rahbari.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi ziddiyat bir necha yillardan buyon davom etib kelmoqda. Siyosiy, iqtisodiy va boshqa yo‘nalishlarda kelib chiqayotgan muammolar, dahanakijanglar Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi manfaatlarga borib taqaladi. Turkiya bundan avval bir necha bor Gretsiyani suriyalik qochoqlarga eshiklarini yopishda aybladi. Bu esa siyosiy maydonda asosiy qurolga aylandi. Qolaversa, Erdo‘g‘anning Aya-Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirish fikriga Yunoniston tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqqan birinchi davlat bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing