Erdo‘g‘an Qurbon hayitida karantin qoidalarini unutmaslikka chaqirdi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 28 iyul kuni rafiqasi – birinchi xonim Emina Erdo‘g‘an bilan Qurbon hayiti oldidan ota-onasi qabrini ziyorat qildi. 

Erdo‘g‘an qabristondan chiqib, ommaviy axborot vositalari xodimlariga intervyu berdi. U o‘z so‘zida xalqni ushbu bayramda ozodalikka rioya qilish, ijtimoiy masofa saqlash va niqob taqishga chaqirdi. 

“Xalqimizdan bu bayramda juda ehtiyot bo‘lishlarini iltimos qilaman. Avval ham aytganimiz kabi, ozodalik, niqob va ijtimoiy masofaga rioya qilamiz. Shu orqali raqamlarning pasayishiga erishaylikki, ushbu balodan tezroq qutulaylik”, deydi Rajab Toyib Erdo‘g‘an. 

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar 227 019 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda bemorlarning 210 469 nafari yoki 92,7 %i sog‘aygan, 5630 kishi yoki 2,7 %i vafot etgan. Ayni vaqtda 10 920 kishining davolanishi davom etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing