Eng ko‘p xususiy korxona bor hududlar reytingi e’lon qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 432 458 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 90 989 tani (21 foiz) tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Toshkent shahri – 12 886 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 11 131 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 9 509 ta;
  • Namangan viloyati – 7 209 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 7 188 ta.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

  • savdoda – 35 093 ta;
  • sanoatda – 16 171 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 936 ta;
  • qurilishda – 7 736 ta;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 582 ta.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing