Endi 3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin
Jamiyat
−
19 Oktabr 2021
8485Endilikda pedagogika yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan 3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 15 oktyabrida qabul qilingan “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.
Ta’kidlash kerakki, avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.
Shuningdek, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ko‘ra, mutaxassis toifasidagi pedagoglar 1,5 yilda oliy toifaga erishishlari mumkin.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023