Dunyoning eng sovrindor futbolchisi klubini tark etdi

Sport 9336
image

Braziliyaning “San-Paulu” klubi himoyachisi Dani Alvesh jamoani tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar 2022 yilga qadar imzolangan amaldagi kelishuvni bugun, 17 sentyabr kuni ikki tomonlama bekor qilishgan va 38 yoshli futbolchi erkin agentga aylangan. 

Avvalroq, Dani Alvesh klub maoshlarni o‘z vaqtida to‘lamayotgani sababli jamoani tark etmoqchi ekani haqida xabar qilingan. Shuningdek, “San-Paulu” pandemiya sababli moliyaviy muammolarga uchragani tufayli maoshlar kechikishi, ammo to‘lanishini ma’lum qilgan. Biroq Alvesh jamoa mashg‘ulotlariga bormay qo‘ygan. 

Ma’lumot uchun, futbolchining Braziliya klubidagi oylik maoshi 280 ming AQSH dollarini tashkil etgan. “Globo” nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, 38 yoshli “Barselona“, “Yuventus” va PSJ klublari sobiq futbolchisi hozirda Qatar va BAA klublari bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Alvesh dunyoning eng sovrindor futbolchisi sanaladi. U karerasi davomida 40 ta jamoaviy sovrin yutishga muvaffaq bo‘lgan.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 449
Reyting: 2.9
t
×