DXX Namanganda 10 ming dollar pora olgan “zam” hokimni ushladi

Jamiyat

image
“Seliy bozor-a” – Jizzax hokimining sobiq o‘rinbosari o‘margan pullarini nimaga sarflagani aytildi north_east

“Seliy bozor-a” – Jizzax hokimining sobiq o‘rinbosari o‘margan pullarini nimaga sarflagani aytildi

Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mansabdori va Uchqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari 10 ming dollar pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi. 

Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs Chortoq tumanida istiqomat qiluvchi xususiy tadbirkorga bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishi uchun Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan 10 gektar yer maydoni ajratilishi bo‘yicha tuman xokimining qarorini chiqartirib berishni va’da qilib, o‘zi faoliyat yurituvchi boshqarmaning ma’muriy binosi yonida 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida u ushbu pullarni Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosariga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirilgan va mazkur mansabdor shaxs ham Namangan shahrida 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, tuman xokimligi huzuridagi yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya a’zosi sifatidagi vakolatlaridan foydalanishni rejalashtirgan ushbu yuqori lavozimli shaxs boshqa MCHJga qarashli yer maydonidan 10 gektarini ajratib berishni maqsad qilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbaridan 2 ming AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Namangan

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing