Diqqat! Yuqumli kasalliklar haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jazo kuchaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qonunga muvofiq, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida aholi orasida asossiz vahima tarqalishining oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda mutasaddi idoralarning normal faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratish maqsadida Jinoyat kodeksi 244-5-modda bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish:

•    BHMning 200 baravarigacha (44 mln 600 ming so‘m) miqdorda  jarima;

•    300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

•    2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

•    Mazkur ma’lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki OAV, shuningdek Internet orqali tarqatish:

•    BHMning 200 baravaridan (44 mln 600 ming so‘mdan) 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so‘m) miqdorda jarima;

•    300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

•    2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

•    3 yilgacha ozodlikni cheklash;

•    3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun karantin

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing