Denovdagi portlash dahshati 2 km uzoqlikdagi ofis kamerasida ham aks etdi (video)

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 7 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi savdo majmuasida portlash yuz bergan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda portlash ro‘y bergan hududdan 2 km uzoqlikda joylashgan ofis kuzatuv kameralari xotirasiga muhrlangan kadrlar e’lon qilindi. 

Lavhada portlash sodir bo‘lgan vaqtda uning zarbidan ofis eshigi ochilib ketganini, yana bir lavhada esa xuddi zilzila bo‘lganidek holat kuzatilganini ko‘rish mumkin. 

Qolaversa, portlash shovqini 2 kilometr uzoqlikda joylashgan ofis shu qadar yaqqol eshitilganidan uning naqadar dahshatli bo‘lganini payqash qiyin emas. 

Ma’lumot uchun, portlash soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi binosida sodir bo‘lgan. Portlash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 04:02 da voqea joyiga yetib borib, chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘inni soat 04:25 da  o‘chirgan.

Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.

Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqeada 10 ga yaqin odam jarohatlandi. Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostidan ikki kishining jasadi topilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1948

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing