Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bu yil “chilla” salqin ob-havodan boshlanadi. Qozog‘iston bo‘ylab sovuq atmosfera fronti o‘tishi hisobiga O‘zbekistonda harorat biroz pasayadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Kunning o‘rtasiga kelib havo 32-35 darajagacha isiydi. Kun davomida tekislik hududlarda kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘li hududlarida kechga tomon momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Dam olish kunlari O‘zbekistonga Erondan yana issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari 16-21 darajani, kunduz kunlari 35-38 darajani, shimol va janubda ba’zi joylarda 40 darajagachani tashkil etadi. Bunday qiymatlar o‘rtacha-iqlimiy me’yordan 2-4 darajaga ko‘p bo‘ladi. Respublika bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat shanba kuni kechga tomon Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Bugun va ertaga respublikaning ayrim tumanlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

190

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing