Chiroqchida noma’lum qiz hokimlik binosi oldida ayovsiz kaltaklandi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimligi binosi yonida yosh qizning vahshiylarcha kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 24 aprel kuni soat 22:00 larda Chiroqchi tumani Mustaqillik ko‘chasidagi avtoshohbekatda fuqaro T.N.ni o‘ziga notanish bo‘lgan shaxs urib tan jarohati yetkazgan.

Ma’lum qilinishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan holatlar bo‘yicha 2 may kuni Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov jarayoni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda kelin qaynog‘asi tomonidan tepib kaltaklangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1359

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing