Charlz III rasman Kanada rahbari deb e’lon qilindi

Olam

image

Bugun, 10 sentyabr kuni Qirol Charlz III rasman Kanadaning yangi davlat rahbari deb e’lon qilindi. Yangi monarxni e’lon qilishning tantanali marosimi barcha milliy telekanallar orqali namoyish etildi. 

Bu Kanada general-gubernatori Meri Saymonning Ottavadagi qarorgohi Rido-Xollda bo‘lib o‘tgan. Unda Bosh vazir Jastin Tryudo va Hukumat a’zolari ishtirok etgan. Saymon va Tryudo tegishli hujjatni imzolagan. 

Ushbu voqea sharafiga 21 ta to‘rtta quroldan o‘q uzilgan, ular Rido-Xollga ushbu tadbir uchun maxsus yetkazib berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 sentyabr kuni Charlz Filip Artur Jorj rasman Buyuk Britaniya va Shimoliya Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli deb e’lon qilindi.

Vorislik kengashi Charlz III ni Buyuk Britaniyaning yangi qiroli deb rasman e’lon qildi.

Deklaratsiyani taxt vorisi shahzoda Uilyam, qirolicha-konsort Kamilla, Jamoalar palatasi rahbari va Kengash lord-raisi Penni Mordaunt, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass va Kenterberi arxiyepiskopi darhol imzoladilar.

70 yildan ortiq hukmronlik qilgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentyabr kuni Shotlandiyada 96 yoshida vafot etdi. U 15 mamlakatda, shu jumladan Kanadada rasmiy davlat rahbari edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Charl'z III

Baholaganlar

629

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing