Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Mirali Muhammadjonovich Hamroyev Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mirali Hamroyev 1983 yil 9 martda Buxoro shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2004 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti (sirtqi), 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi(kunduzgi)ni tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - menejment, moliya.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda Buxoro shahar hokimligi moliya bo‘limi hisobxonasi 2-toifali hisobchi-taftishchisi sifatida boshlab, Buxoro shahar hokimligi moliya bo‘limi byudjet inspeksiyasi 1-toifali iqtisodchisi(2003-2005), Buxoro shahar hokimligi moliya bo‘limi boshqaruv organlarini moliyalashtirish sektori mudiri (2005-2006), O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi (2006-2007), Kogon tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari - xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i (2007-2009), Kogon shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri (2009-2012), Buxoro viloyati hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi ijtimoiy soha va turizmni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i (2012), Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati-injiniring kompaniyasi direktorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari (2012-2013), “Eriell GmbH” Avstriya, Vena kompaniyasining neft va gaz korxonalarini qurish departamenti katta hisobchisi (2013-2017), Kogon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari(2017-2018) lavozimlarida ishlagan.

2018 yildan shu vaqtgacha Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. Oilali, 2 nafar farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro tayinlov

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing