Bugun Toshkentning ayrim hududlari gazsiz qoladi

Jamiyat

image

Bugun, 3 fevral kuni soat 10:00 - 18:00 lar oralig‘ida “Hududgaz Poytaxt” GTF “Yashnobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tumanning  Sultonali Mashhadiy ko‘chasi yerosti gaz qudug‘idagi "kompensatori"da gaz sizib chiqish holati aniqlanganligi sababli ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan tumanning Maxtumquli ko‘chasidagi 7ta ko‘p qavatli uylarning 300ta, Sultonali Mashhadiy ko‘chasidagi 15ta ko‘p qavatli uylarning 55ta, 1-tor ko‘chasidan 2ta ko‘p qavatli uyning 55ta hamda barcha yerli aholi xonadonlari, shuningdek, ulgurji iste’molchilar tabiiy gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishi ta’kidlangan. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing