Britni Spirs ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik taniqli xonanda Britni Spirs ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda okean ortidagi ommaviy axborot vositalari bong urmoqda.  
 
Qayd etilishicha, xonanda bir hafta oldin shifoxonaga yotqizilgan. U shifoxonada 30 qoladi. 

Spirs otasining kasalligi tufayli og‘ir tashvishga tushgan. Jeys Spirs ikkita jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgandi. Ikkinchi jarorroh amaliyotidan so‘ng uning salomatligi  yanada og‘irlashgan.  

Britni Spirs – taniqli pop xonandalardan biri. Dunyo shou-biznesida eng mashhur ayollar ro‘yxatida 12-chi o‘rinni egallaydi. 

U 2007 yilda turmush o‘rtog‘i Kevin Federlayn bilan ajrashgan. Shunday keyin spirli ichimliklar va giyohvand moddalar iste’mol qilishga ruju qo‘ygan.

Spirs va Federlaynning uch yillik turmushlaridan ikki nafar farzandlari bor.
 


Maqola muallifi

Teglar

Britni Spirs

Baholaganlar

434

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing