Boshqa rahbarlar davrida ham buning o‘zgarishi amri mahol – Komilov qo‘shnilar bilan aloqalar haqida

Jamiyat

image

O‘zbekistonning yaqin qo‘shni davlatlar bilan o‘rnatgan konstruktiv, do‘stona munosabatlari boshqa rahbarlar davrida ham o‘zgarmaydi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rossiyalik jurnalistlar bilan suhbatda ta’kidladi

Joriy yilning 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Rossiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda so‘z olgan NTV telekanali jurnalisti R.Sobol vazirdan Mirziyoyev davridagi O‘zbekistonning tashqi siyosati haqida so‘radi. 

Komilov jurnalistning savoliga javob berar ekan, mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davrida O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan o‘rnatgan yaqin munosabatlarini alohida urg‘uladi. 

“Bu, birinchi navbatda, yaqin qo‘shnilar bilan konstruktiv, do‘stona munosabatlarni shakllantirish, yaratish va mustahkamlashdir. Ya’ni, birinchi navbatda, umumiy chegaraga ega bo‘lgan qo‘shnilarimiz bilan. Bular Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va, albatta, Afg‘oniston. Bularning barchasi chuqur, fundamental jarayonlar va milliy manfaatlarimizni ifodalaydi. Shuning uchun, kelajakda, boshqa rahbarlar davrida, buning (qo‘shni davlatlar bilan yaqin aloqalar) keskin o‘zgarishi amri mahol. Chunki bu (yaqin qo‘shnichilik siyosatining o‘zgarishi) O‘zbekiston barqarorligiga, mamlakatning milliy va davlat manfaatlariga, iqtisodiyotimiz rivojiga javob bermaydi”, deydi Komilov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing