Bosh vazir qabulxonalari huzuridagi tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 5 oktyabr kuni qabul qilgan qarori bilan Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari huzurida Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari tashkil etildi.

Qaror bilan Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Tadbirkorlar kengashlari o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.

Kengash tarkibi faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilikning boshqa vakillaridan iborat fuqarolar orasidan saylab olinadi.

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq va g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga, vakolatli davlat organlariga taqdim etish Kengashning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Kengash tarkibi har uch yilda tasdiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori Bosh vazir qabulxonalari

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing