Boqiy hukmdor: Putinning prezidentlik muddatlari “nollashtirildi”

Olam

image

Kecha, 1 iyul kuni Rossiya Federatsiyasida mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishni ma’qullash bo‘yicha ovoz berish jarayoni  bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi bugun, 2 iyul kuni barcha ovozlarni saralab chiqdi. Yakuniy natijaga ko‘ra, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni mamlakat aholisining 77,92 foizi ma’qulladi. 21, 27 foiz saylovchi tuzatishlarga qarshi bo‘ldi.

MSK ma’lumotiga ko‘ra, umumiy yavka 65 foizni tashkil qildi.

Birgina Nenets avtonom okrugida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga qarshilar uni qo‘llab-quvvatlovchilardan ko‘p bo‘ldi.

MSK alohida ko‘rib chiqish kerak bo‘lgan birorta ham qoidabuzarlik aniqlanmaganini ma’lum qildi. 1000 ga yaqin qoidabuzarlik aniqlangan. Ammo bu yakuniy natijaga ta’sir qiladigan holatlar bo‘lmagan.

Qayd etish kerakki, Konstitutsiyaga tuzatish kiritish bo‘yicha umumrossiya ovoz berishi dastlab 22 aprel kuni o‘tkazilishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab bu siyosiy tadbir kechiktirildi.

Konstitutsiyaga rasman o‘zgartirish kiritilishi bilan Vladimir Putinning yana RF prezidentligi uchun nomzodini ilgari surishi va 2036 yilgacha hokimiyat tepasida qolishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Vladimir Putinni umrbod Prezident etib saylash taklifini bildirgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

794

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing