Bobonovdan revansh: amaldagi jahon chempioni mag‘lub etildi

Sport 2849
image

Bugun, 28 iyul kuni XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining dzyudo musobaqalarida -90 kg vazn toifasida o‘tish bahsi yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik Davlat Bobonov gruzin millatiga mansub, biroq Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qiluvchi amaldagi jahon chempioni Nikoloz Sherazadishvilini katta qiyinchilik bilan, “Golden score” mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, u bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.

Endi Bobonov bronza medali uchun turkiyalik Mixail Zgank hamda Germaniya terma jamoasi a’zosi Eduard Trippel o‘rtasidagi bahsda yutqazgan sportchi bilan bellashadi.

Ta’kidlash kerak, so‘nggi Jahon chempionati finalida aynan Sherazadishvili Davlat Bobonovni mag‘lub etgan va oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. Demak, Bobonov bu safar revansh olishga muvaffaq bo‘ldi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 75
Reyting: 2.9
t
×