BMT ertaga Rossiyaning taqdirini hal qiladi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha navbatdan tashqari sessiyasi, kutilganidek, ertaga, 23 mart kuni boshlanib, hafta oxirigacha davom etadi. Uning ishtirokchilari gumanitar vaziyat bo‘yicha rezolyutsiya uchun ovoz beradi. 

Ma’lumotni BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi raisining rasmiy vakili Polina Kubiyak tasdiqladi. 

“Bosh Assambleyaning 11-favqulodda favqulodda sessiyasi 23-mart kuni bo‘lib o‘tadi”, deyiladi Kubiyak bayonotida.  

Bosh Assambleyaning navbatdan tashqari sessiyasi zaruratga qarab cheklanmagan miqdorda qayta tiklanishi mumkin. Avvalroq, Bosh Assambleyaga Ukrainadagi gumanitar vaziyat bo‘yicha rezolyutsiya loyihasi kiritilgan edi, shu munosabat bilan navbatdan tashqari sessiyani 22 mart kuni qayta boshlash rejalashtirildi, biroq tashkiliy masalalar tufayli sessiya 23 martga ko‘chirildi. 

Bosh Assambleya tomonidan qabul qilinishi kutilayotgan hujjatda Rossiya Federatsiyasini “Ukrainaga qarshi dushmanona harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga” chaqiriladi. Matnda, shuningdek, tinch aholi va infratuzilma ob’ektlari, shifokorlar va jurnalistlar himoyasini ta’minlash, urush zonalarini tark etish imkoniyati, gumanitar tashkilotlarning yordamga muhtoj odamlarga yetib borishni ta’minlash talablari mavjud. Hujjatda BMT davlatlaridan Ukrainaga insonparvarlik yordami yetkazilishini moliyalashtirish va uni jahon tashkiloti orqali yetkazishni davom ettirishga chaqiriladi. Rezolyutsiya loyihasi “barcha tomonlar o‘rtasida” muzokaralarni davom ettirish va “Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni siyosiy muloqot, muzokaralar, vositachilik harakatlari va boshqa tinch yo‘llar orqali zudlik bilan hal etish”ga chaqiradi. 

Bosh Assambleyaning navbatdan tashqari sessiyasining yangi yig‘ilishi bir necha kun davom etishi kutilmoqda – aniq sanalar Ukrainadagi vaziyat haqida gapirmoqchi bo‘lgan ishtirokchilar soniga bog‘liq bo‘ladi. Hafta oxirida muhokamadan so‘ng rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berish kutilmoqda. 

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukrainaga bosqin Rossiya-Ukraiana urushi

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing