BMT Bosh kotibi butun sayyorani kutib turgan xavfdan ogohlantirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish barcha mamlakatlar Hukumatiga videomurojaat yo‘lladi. U o‘z murojaatida pandemiya sabab sayyora bolalarning kelajagi xavf ostida qolayotganidan xavotirdaligini ma’lum qilgan. 

Guterrish koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan ta’limdagi uzilishlar yer yuzining barcha avlodlari uchun halokat bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. 

“O‘quvchilarni maktabga xavfsiz ravishda qaytarish global ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor vazifa bo‘lishi kerak”,  deydi.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, iyul oyi o‘rtalariga kelib 160 ga yaqin mamlakatdan 1 milliard o‘quvchi maktab ta’limni olishdan mosuvo bo‘lgan. Shuningdek, 40 million bola maktabgacha ta’limsiz qolmoqda. 

Pandemiyadan oldin ham 250 million bola ta’lim olish imkoniyatiga ega emas edi va rivojlanayotgan mamlakatlardagi o‘rta maktab o‘quvchilarining to‘rtdan uch qismi o‘rta ma’lumotsiz maktabni tark etgan. 

"Endi biz butun bir avlodning halokatiga duch kelmoqdamiz, buning natijasida foydalanilmagan insoniy imkoniyatlar yo‘q bo‘lib ketishi, keyingi o‘n yilliklardagi taraqqiyotga putur yetishi va mustahkamlangan tengsizlik kuchayishi mumkin",  dedi BMT Bosh kotibi o‘quvchilarni maktablarga xavfsiz ravishda qaytarish bo‘yicha BMTning tavsiyalarini dunyo hukumatlari uchun taqdim etarkan.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 18 million 543 662 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 700 714 nafari vafot etgan, 11 million 143 031 nafar sog‘aygan. 


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish

Baholaganlar

1358

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing