Bir zumda milliardlar yo‘qotgan “Coca Cola” Ronalduga javob qaytardi

Sport 51059
image
-

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning Vengriyaga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Coca Cola” ichimligi sog‘liq uchun zarar, deya chetga surib qo‘yganidan xabaringiz bor. Ayni shu voqeaga “Coca Cola” kompaniyasi o‘z munosabatini bildirdi.

"Har kim turli xil ichimlik ichish huquqiga ega, kimdadir ichimlikka ehtiyoj balandroq bo‘lsa, kimdadir pastroq. Hammaning didi va ehtiyojlari turlicha. Siz shu ichimlikni ichmasangiz, demak hamma buni ichmasligi kerak, degani emas.

Bir kun oldin turli ommaviy axborot vositalari Ronalduning imo-ishorasi tufayli “Coca Cola” 4 milliard dollar yo‘qotganligi haqida ma’lumot tarqatdi, ammo bu haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmaydi. “Coca Cola” o‘z bozoriga ega, u baribir sevib iste’mol qilinaveradi”, deydi kompaniya o‘z bayonotida.

Ma’lumot uchun, Ronaldu avval ham bir necha bor “Coca Cola” hamda “Pepsi” ichimliklarni ichmasligini ta’kidlagan va o‘g‘liga gazli har qanday ichimlikni ichishni taqiqlagan.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 4019
Reyting: 3
t
×