Bill Geyts bahorda oltita COVID-19 vaksinasi tayyor bo‘lishini bashorat qildi

Olam

image

Microsoft kompaniyasi asoschisi, milliarder Bill Geyts “Singapore FinTech” festivalida 6 ta kompaniyaning koronavirusga qarshi vaksinasi kelasi bahorga qadar foydalanish uchun tayyor bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.

“Men 2021 yilning birinchi choragiga qadar koronavirusga qarshi oltita vaksina tayyor bo‘lishini kutmoqdaman”, deydi Geyts.

Milliarder AstraZeneca, Johnson & Johnson, Novavax, Pfizer / BioNTech va Moderna kompaniyalarining vaksinalari tez orada tasdiqlanishi mumkinligini aytgan. Ammo Geyts oltinchi kompaniyaning nomini tilga olmagan.

Geyts vaksinalar tayyor bo‘lganidan so‘ng, ularni rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda teng ravishda tarqatish jahon hamjamiyati uchun katta muammo bo‘lishini aytgan. U 2022 yilga qadar COVID-19 pandemiyasini yengib o‘tish uchun kelasi yil vaksina paydo bo‘lishiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bill Geyts insoniyat navbatdagi pandemiya bilan 20 yildan keyin to‘qnashishi mumkinligini taxmin qilgandi.

Shuningdek, JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus yangi pandemiyadan saqlanish uchun BMT davlatlarini vaksina va xavfsizlik choralari uchun investitsiya kiritishga chaqirdi.

Bundan tashqari, JSST direktori nisbatan boy davlatlardan vaksinaga yetish poygasida kambag‘alroq davlatlarni chetda qoldirmaslikni so‘ragan. U COVID-19 pandemiyasi global inqiroz ekanini, shu sababdan xalqaro darajada muhim vositalarni teng taqsimlash kerakligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bill Geyts Vaktsina

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing