Beylning keyingi manzili Amerika — Anchelotti uni ketkazmoqchi

Sport 2695
image

Transfer huquqi Madridning “Real” klubiga tegishli bo‘lgan uelslik Garet Beyl yangi mavsumni boshqa chempionatda boshlashi mumkin. Mashhur jurnalist-insayder Nikolo Skiraning ma’lumot berishicha, “Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamayapti va rejalariga kiritmagan.

Xabarlarga ko‘ra, Beylga MLS chempionatidan jiddiy taklif tushgan. “Los-Anjeles Gelaksi” klubi “Real”ga yaxshigina summa taklif qilgan va bu madridliklarga ma’qul kelgan. Yevro-2020 yakuniga yetgach bu transfer hal bo‘lishi kutilmoqda. Shaxsan Peresning o‘zi ham bu transferni ma’qullagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Beylning Yevro-2020 yakuniga yetgach, faoliyatini tugatmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi. Biroq u terma jamoasi bilan nimchorak final bosqichiga yo‘l olgach, bu qarorini o‘zgartirganini, hali yana futbol o‘ynamoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Beyl yakuniga yetgan mavsumni Londonning “Tottenhem” klubi safida ijarada o‘tkazdi. U bu vaqt mobaynida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 2 ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 30
Reyting: 2.6
t
×