Belarus Ukraina bilan yomon munosabatda bo‘lishni xohlamaydi – Lukashenko

Olam

image

Belarus Ukraina bilan yomon munosabatda bo‘lishni istamaydi. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina Oliy Radasi deputati Yevgeniy Shevchenko bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

“Biz ba’zi masalalarda Ukraina bilan yuzma-yuz to‘qnashib, o‘zimizni odobsiz tutmaymiz. Agar boshqa joy bo‘lmasa, taqiqlangan qizil chiziqlarni kesib o‘tayotgan bo‘lsak, reaksiyaga majbur bo‘lamiz. Ammo biz janubiy qo‘shnimiz bilan yomon munosabatlarni istamaymiz”, deydi Lukashenko.

Prezident Belarusda aholi ukrainaliklarga juda yaxshi munosabatda bo‘lishini ta’kidladi.

“Siz Donbassda mojaro boshlaganingizda, biz bir vaqtning o‘zida 150 ming ukrainalikni qabul qildik. Keyinchalik, kimdir qaytib ketdi, ko‘pchilik bu yerda ish topdi va men Belarusga kelgan ukrainaliklarning teng huquqliligi to‘g‘risida farmon imzoladim”, deydi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali suhbatda xalqaro vaziyatni muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing