“Bavariya”ning taklifiga darhol rozilik bildirdim – Mane 

Sport

image

 Senegal milliy terma jamoasi va “Bavariya” klubining yangi futbolchisi Sadio Mane nemis klubiga ko‘chib o‘tish taklifiga darhol rozi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Bavariya” jamaosi matbuot xizmati xabar berdi. 

“Agentim birinchi marta “Bavariya”ning qiziqishi haqida xabar berganida, men darhol ushbu klubga ko‘chib o‘tish g‘oyasiga qiziqib qoldim va Germaniyaning eng kuchli jamoasi safida to‘p tepishga rozilik bildirdim. O‘ylayman-ki, bu qarorni o‘zim uchun juda ham qulay vaziyatda amalga oshirdim. “Bavariya” har doim barcha sovrinlar uchun kurashadigan dunyoning eng yirik klublaridan biri hisoblanadi. Bu yerga ko‘chib o‘tish yaxshi fikr va to‘g‘ri qaror edi”, degan senegallik hujumchi. 

Manening qo‘shimcha qilishicha, unga “Bavariya”dan tashqari boshqa klublardan ham takliflar bo‘lgan. Ammo futbolchini nemis klubining oldiga qo‘ygan maqsadlari qiziqtirib qo‘ygan. 

“Agentim menga boshqa jamoalardan ham takliflar borligini aytdi. Biroq “Bavariya”ning oldiga qo‘ygan reja va maqsadlari meni ko‘proq o‘ziga jalb qildi. O‘zimni ular qurayotgan loyihaning bir bo‘lagi sifatida ko‘ra oldim. Dunyodagi har bir bola, har bir futbolchi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni orzu qiladi. Hozir men juda raqobatbardosh jamoadaman. Shunga qaramay, hozircha Chempionlar ligasi finali haqida gapirishga erta, deb o‘ylayman. Lekin kelasi mavsumda YeCHL finaliga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz”, degan “Liverpul”ning sobiq futbolchisi. 

Ma’lumot uchun, bugun, 22 iyun kuni “Bavariya” Sadio Maneni o‘z futbolchisi sifatida tanishtiradi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Mane

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing