“Barselona” futbolchilardan ish haqini kamaytirishni so‘ramoqda

Sport

image

"Barselona" koronavirus pandemiyasi sababli moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda "Cadena Ser" ma’lumot berdi

Manbaning xabariga ko‘ra, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra jamoaning yo‘qotishlari 97 million yevroni tashkil qilgan. 

Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, Kataloniya klubi rahbariyati futbolchilardan ish haqini kamaytirishni so‘ramoqda.

La Liganing o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra "Barselona" turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallagan. Ispaniyadagi joriy chempionatda yetti ochko to‘plagan jamoa beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, "Barselona" La Liga 6 tur doirasida "Xetafe" bilan o‘ynaydi. O‘yin 18 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.

25 oktyabr kuni esa Madridning "Real" klubiga qarshi "El Klasiko" o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing