Avstraliyada kater portlab ketdi. Jabrlanganlarning ahvoli og‘ir 

Olam

image
0:00
0:00
download

Avstraliyaning Xoksberi shahrida kater portlab ketdi. Natijada sakkiz kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy 9news telekanali xabar bergan.  

Ta’kidlanganidek, hodisa Dangar-rouddagi kemalar to‘xtash joyida sodir bo‘lgan. 

Kater yonilg‘i quyish paytida portlab ketgan. 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta voyaga yetmaganlar portlashdan biroz oldin katerni tark etgan. 

Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyga 12 ta tez tibbiy yordam guruhi va ikkita vertolyot yetib kelgan. 

To‘rt bemor og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, shuningdek, voqea joyiga kelgan ikkita shifokorning ham ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. 

Shu bilan birga, jabrlanganlarning bir qismi shifokorlarning yordamiga muhtoj bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

kater

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar