“Asalhoney”ning qotili hibsga olindi

Olam

image

Insta-bloger “Asalhoney”ning vafoti bo‘yicha boshlangan tergov harakatlari tugadimi? Jarayon qaysi bosqichda, qotil topildimi? Shu kabi savollar bilan QALAMPIR.UZ Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. 

“Asalhoney” qotilligi buyicha jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari yakunlanish arafasida. Ayblanuvchi qamoqqa olingan”, deya javob qaytardi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ muxbiri bilan muloqotda. 

Ma’lumot uchun, Asal Xo‘jayevaning murdasi joriy yilning 18 mart kuni soat 10:01 da Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 99-uy, 210-xonadonning yotoqxonasida qotillik alomatlari bilan topilgandi.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Asal Xo‘jayevaning o‘limi qorin old sohasida bir dona sanchilib kiruvchi kesilgan jarohati, bo‘yin chap tomoni sanchib kesilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya yumshoq to‘qimalariga qon quyilishi oqibatida yuz bergani aniqlangan.

Voqea joyi kriminalistika texnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilib, qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar, murda kiyimlari, qo‘l barmoq izlari, 1 dona noutbuk, 1 dona fleshka, 4 dona uyali aloqa telefoni, 4 dona bank plastik kartalari daliliy ashyo sifatida olingan. 

Voqea joyiga Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari Ikrom Narimov, shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov, Yashnobod tumani prokurori A.Donayev, shahar IIBB va tuman IIO FMB rahbariyati hamda tezkor tergov guruhi a’zolari yetib borgan.

Ayni vaqtda Asal Xo‘jayevani o‘ldirishda gumonlangan shaxs qo‘lga olingan. Bosh prokuraturaga ko‘ra, “Asalhoney” qotilligida 1997 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan shaxs gumonlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2595

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing