Arxeologlar 1900 yil avval yashagan qulning qoldiqlarini o‘rganib, muhim kashfiyot qildi

Olam

image

Olimlar 2017 yilda Angliyaning Fenstanton (Kembrijshir) qishlog‘ida topilgan qul qoldiqlarini o‘rganib chiqib, dahshatli kashfiyot qilishdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.

Bir necha yil oldin arxeologlar Angliyaning Fenstanton (Kembrijshir) qishlog‘idan bo‘yi 170 sm, 25-35 yoshli, tovoniga temir mix qoqilgan odam skeletini topgandi. Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, bu odam eramizning 130-337 yillari orasida Rim imperiyasi hukmronligi davrida (hozirgi Angliya hududida) yashagan.

Radiokarbonli aniqlashga ko‘ra, jasad yonidan qul ko‘milgan yog‘och konstruksiyaning bo‘laklari ham topilgan. Bu topilma, olimlarning fikricha, Buyuk Britaniyada insonning xochga mixlanishining birinchi dalilidir.

“Biz arxeologik izlanishlar davomida xochga mixlanishga oid jismoniy dalillarni birinchi marta topdik”, deya izoh bergan qazishma ishlari boshlig‘i Devid Ingem.

Garchi bu qatl nasroniylik dini bilan bog‘iqligini eslatsada, arxeologlar bu holatni din bilan aloqasi borligiga ishonishmaydi. Sababi mutaxassislar qul odatiy nasroniylar xochlanadigan xochda emas, balki boshqa tuzilishda xochga mixlanganligini aniqlashgan. Shuningdek, u aynan nima uchun eng yuqori jazoga hukm qilgani olimlar uchun qorong‘u.

“Daily Mail”ning qayd etishicha, qadimgi Rimda jinoyatchilar, davlat dushmanlari, qaroqchilar, qullar va ijtimoiy mavqei past bo‘lgan boshqa odamlar odatda xochga mixlanib, qatl etilgan. Shuningdek, Rimda agar qullardan biri xo‘jayinini o‘ldirsa, bu odamning barcha qullari, shu jumladan ayollar va bolalar ham shu tarzda qatl etilishi kerak bo‘lgan.

Ma’lumot uchun  “xochga mixlash” hukmi Rim imperiyasida Buyuk Konstantin davrida (eramizning 306-337 yillari) taqiqlanganiga qadar o‘lim jazosining asosiy shakli bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1393

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing