Aniqlangan COVID-19 holatlari bo‘yicha Braziliya Rossiyani ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Olam

image
Braziliyada navbatdagi sog‘liqni saqlash vaziri Prezident qaysarligiga chidayolmadi va iste’foga chiqdi north_east

Braziliyada navbatdagi sog‘liqni saqlash vaziri Prezident qaysarligiga chidayolmadi va iste’foga chiqdi

Braziliyada so‘nggi bir kun ichida 19 969 ta koronavirus infeksiyasi aniqlandi, COVID-19 aniqlangan holatlar soni 330 890 ga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan Rossiyada, ayni paytgacha 326 448 ta COVID-19 kasalligi qayd etilgan. Shunday qilib, bugungi statistika bo‘yicha Braziliya ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda ikkinchi bo‘ldi.

Braziliyada 21 mingdan ortiq odam koronavirus infeksiyasining qurboniga aylandi, bir sutkada esa 1001 nafar bemorning o‘limi qayd etildi. Rossiyada kuniga 150 ta o‘lim qayd etilib, jami 3 249 kishi epidemiya paytida vafot etdi.

Rossiya Federatsiyasida deyarli 100 ming nafar, Braziliyada esa 135 mingdan ortiq odam koronavirusdan sog‘aydi.

Bugun, 23 may so‘ngida vaqt mintaqalaridagi farqi tufayli mamlakatlar yana joylarni almashishlari mumkin. Bundan tashqari, Rossiya kasal bo‘lganlar, vafot etganlar va sog‘ayganlar to‘g‘risidagi rasmiy statistikani ertalab, Braziliya esa mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da e’lon qiladi.

Jon Xopkins nomidagi Amerika universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 1,6 milliondan ortiq kasallanganlar bilan Qo‘shma Shtatlar COVID-19 aniqlangan holatlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. U yerda 97,6 ming bemor koronavirusdan vafot etdi, 397 ming bemor shifo topdi.

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Janubiy Amerikani koronavirus pandemiyasining yangi epitsentri deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Braziliyada Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing