Andijonda sanoat hududidan yer olib berish uchun 50 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Andijon shahrida 50 ming AQSH dollari evaziga shimoliy sanoat hududidan yer olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.N. fuqaro J. ni Andijon shahar sanoat hududida joylashgan o‘ziga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektiga tutash bo‘lgan yer maydonidan qo‘shimcha yer uchastkasi ajratib berishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 50 ming AQSH dollari evaziga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishga ishontirib, oldindan 20 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.N. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing