Andijon shahar XTB qariyb 34 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi

3-sahifa

image

Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan Andijonda byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan kameral nazorat tadbirlari o‘tkazilganda 3 yilda 33,8 mlrd so‘m pullar o‘zlashtirilgani aniqlandi. Bu haqda Moliya vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yilning noyabr oyida Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ish haqi to‘lovlari bo‘yicha shubhali xarajatlar amalga oshirilganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Xalq ta’limi bo‘limining 2018 yil 1 noyabrdan 2020 yil 1 noyabrgacha bo‘lgan davri birlamchi hujjatlar asosida taftishdan o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, xodimlarga hisoblangan ish haqiga nisbatan 33,8 mlrd so‘m naqd pullar Xalq ta’limi bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan bankdan ortiqcha olinib, markazlashgan buxgalteriya kassasiga kirim qilinmasdan o‘zlashtirib yuborilgan.
 
“Ushbu o‘zlashtirilgan mablag‘lar 2018 yilda 1,0 mlrd so‘mni, 2019 yilda 12,6 mlrd so‘mni va 2020 yilning o‘tgan davrida 20,2 mlrd so‘mni tashkil etgan”, deyiladi xabarda.

O‘tkazilgan taftish yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ANdijon XTB

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar