AQSHda “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi qurilishi boshlandi

Olam 13769
image

O‘zbekistonlik bir guruh imom-xatiblar AQSHning Ogayo shtatidagi Sinsinnati shahrida vatandoshlar tomonidan qurilishi boshlanayotgan “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi tamal toshini qo‘yishda ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.

Kecha, 24 aprel kun davomida Imom-xatiblar Sinsinnati shahrida istiqomad qiladigan o‘zbekistonliklar bilan bir nechta uchrashuvlar, Ramazon oyi tadbirlarida ishtirok etishgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bir guruh imom-xatiblar Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib o‘tadigan Ramazon tadbirlarida ishtirok etish uchun ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi. Ularning safari 2 maygacha davom etadi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 468
Reyting: 3.1
Teglar
t
×