AQSHda massaj salonlariga hujum qilindi. Osiyolik ayollar o‘ldirildi

Olam

image

AQSHning Jorjiya shtatida uchta massaj saloniga qurolli hujum uyushtirildi. Natijada hozirgacha sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Atlanta shahridagi politsiyaga tayangan holda xabar berilgan.

Ta’kidlanishicha, hodisa kecha, 16 mart kuni kechqurun sodir bo‘lgan. 

"Shimoliy Atlantaning Cheroki okrugida osiyoliklarga tegishli massaj saloniga qilingan hujum natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi", degan politsiya.

Biroz vaqt o‘tgach, Atlanta markazidagi boshqa massaj salonida noma’lum shaxs uch kishini otib tashlagan. 

Yana bir kishi yaqin atrofdagi massaj saloniga uyushtirilgan qurolli hujum qurboni bo‘lgan. 

Politsiya har uchala hujumda gumon qilingan Robert Aaron Long ismli shaxs hibsga olingani haqida xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, uyushtirilgan hujumlar bo‘yicha tergov davom etmoqda. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning olti nafari Osiyo davlatlari fuqaroligiga mansub ayollardir.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh hujum massaj salon

Baholaganlar

705

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing