AQSH urush yanada dahshatli bo‘lmasligi uchun Putin bilan kelishishi kerak – WP

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ko‘proq diplomatiyaga ehtiyoj bor. Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun qilinayotgan samarasiz harakatlardan ko‘ra, Rossiya va AQSH o‘rtasida halokatli nizo kelib chiqmasligiga e’tibor qaratish kerak. Bu haqda “Washington Post” nashri jurnalisti va siyosiy sharhlovchisi Devid Ignatius yozmoqda.

Devidning yozishicha, Ukraina Rossiya tortib olgan barcha yerlarni qaytarib olishni istaydi. Ammo Rossiya Kiyevning bu istagini qabul qilmaydi.

“Ukrainadagi urush barcha dahshatlariga qaramay, diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun yetilmagan. Ukraina jang maydonida olg‘a siljiyapti. Rossiya esa yadro quroli bilan tahdid qilish borasidagi tartibsizlik ichida qolmoqda. Ukraina barcha viloyatlarini qaytarib olishni xohlaydi. Ammo Rossiya chekinishni rad etyapti. Shuning uchun, ikki tomon ham muzokaraga o‘tirmaydi”, degan jurnalist.

Devid Ignatiusning qayd etishicha, AQSH Moskvaga Rossiyani vayron qilish niyati yo‘qligi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy nizolardan qochishi haqida bildirishi lozim.

“Agar sizda hal qilib bo‘lmaydigan muammo bo‘lsa, unga batafsilroq to‘xtaling. Bu boshqaruvning tanish formulasi va bunda biroz haqiqat bor. AQSH Ukrainaga kelishuv uchun buyruq bermasligi kerak va bunday qilmaydi ham. Aksincha, Amerika ishonch va sabr bilan Ukrainaga qurollar oqimini qo‘llab-quvvatlashi kerak. Biroq, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga uni vayron qilish niyatida emasligini va to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy nizolardan qochishi haqida bildirish uchun yangi kanallar topishi kerak”, degan siyosiy sharhlovchi.

Vladimir Putin 27 oktyabr kuni qilgan oxirgi nutqida G‘arbga nisbatan odatiy ayblovlarini takrorladi. Biroq, uning suhbatidagi boshqa mavzulardan xulosa qilish mumkinki, u muloqot qilish versiyasini ham taklif qilmoqda.

“Ertami-kechmi, ko‘p qutbli dunyo tartibining yangi markazlari ham, G‘arb ham umumiy kelajak haqida teng huquqli suhbat boshlashlari kerak”, degan Putin “Valday” xalqaro munozara klubining yalpi yig‘ilishidagi nutqida.

Devidning fikriga ko‘ra, Jo Bayden va Oq uy Putinning voqelikka qarashining g‘alati tafsilotlarini unutishi kerak. Vladimir Putin jiddiy qabul qilinishi va uning yuqoridagi xabariga javob berilishi lozim. 

Oxirgi paytlarda Rossiya Ukraina “ifos bomba”dan foydalanmoqchi degan iddaolarni kuchaytirmoqda. Ko‘plab g‘arblik ekspertlar buni Rossiyaning o‘zi yadro qurolidan foydalanish uchun bahona demoqda. Biroq, Putin bu gaplarga rostdan ham ishonib, dalil bor, deb o‘ylashi mumkin.

Devid Ignatius Putinni yolg‘onchi va bezori deb atagan. Shuningdek,  u Ukraina Rossiyani jang maydonida mag‘lub etishiga umid bildirgan. Ammo Amerika ushbu urushga bevosita aralasha olmaydi. Prezident Bayden aytganidek, AQSH Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushdan qochish uchun milliy manfaatlarga ega.

Jurnalistning xulosa qilishicha, Rossiya AQSHga yadroviy hujum qila olmaydi. Ikki tomonning ham yadroviy salohiyati bir-birini kamsitishga imkon bermaydi. Vladimir Putin Ukrainadagi urushda yutqazadigan bo‘lsa, bu Rossiya davlatining mag‘lubiyati bo‘lmaydi. Putinni esa ahmoqliklarining oqibatidan qutqarish ilojsiz. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi urushning oxiri haqida savdolashishga urinmasligi kerak. Bu Kiyevning vakolatiga kiradi. Ammo bu dahshatli urushni yanada yomonroq fojiaga aylantirmaslik uchun muzokara o‘tkazish vaqti keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Bayden

Baholaganlar

288

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing