AQSH Rossiya bilan ehtimoliy yadro urushiga tayyorlanmoqda – NYT

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi yadro qurolidan foydalanishga qaror qilgan taqdirda Rossiyaning oldindan aytib bo‘lmaydigan xatti-harakatlari bo‘yicha reja ishlab chiqmoqda. Buning uchun Oq uyda mutaxassislar jamoasi yig‘ilgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyatining yuqori martabali mulozimining “The New York Times” gazetasiga aytishicha, Rossiyaning har qanday “kichik” taktik yadroviy bombadan foydalanishi, hatto NATO a’zosiga qarshi emas, Ukraina hududida bo‘lsa-da, bu ittifoq va Qo‘shma Shtatlar uchun “barchasi tikib bo‘lingan” degan ma’noni anglatadi. Ammo u hech nima tushuntirmagan.

Mudofaa qo‘mitasi raisi, Roy-Aylend senatori Jek Rid Rossiya Ukrainaga qarshi ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llasa, “oqibatlar”iga javob berishini taxmin qilgan. Chunki radiatsiya alyans hududiga kirib borishi mumkin.

Nashr suhbatdoshining qo‘shimcha qilishicha, hozircha Vashington va NATO razvedkasi rossiyalik harbiylar tomonidan yadro qurolidan foydalanishga tayyorlashni anglatadigan hech qanday harakatni ko‘rmagan.

Shu bilan birga, Oq uy bu borada ehtiyotkorlik bilan xulosa qilmoqda, chunki “Ukrainadan ko‘ra ko‘proq narsa xavf ostida”.

Agar Putin NATO davlatiga ataylab zarba bersa, u nafaqat Rossiyaga qarshi ittifoq kuchlarini yuboradi, balki Ukraina hududida NATO qo‘shinlari bilan to‘qnash kelishi mumkin, deydi Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks.

Oq uy Rossiya Federatsiyasidan kelayotgan yadroviy tahdidni baholash va agar bunday hujum sodir bo‘lsa, chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish uchun allaqachon mutaxassislar guruhini to‘plagan.

Rossiyaning "yadroviy" tahdidlari rossiyaliklarning Ukrainaga qarshi harbiy operatsiyalaridagi sezilarli muvaffaqiyatsizliklaridan keyin kuchaydi.

Joriy yilning 22 mart kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov amerikalik jurnalistlarga mamlakatning milliy xavfsizlik konsepsiyatsini eslatib o‘tdi, u davlat mavjud bo‘lish xavfi ostida bo‘lsa, yadro qurolidan foydalanishga ruxsat beradi.

Ikki kundan keyin, BMTdagi rossiyalik diplomat, agar "NATO tomonidan provokatsiya qilingan" bo‘lsa, Rossiya ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishga tayyorligini allaqachon oshkora e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1112

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing