AQSH harbiylari joylashgan Suriyadagi gaz zavodida portlash sodir bo‘ldi

Olam

image
Ikki yil ichida Homs harbiy shifoxonasida 5210 kishi o‘ldirildi — Suriya muxolifati north_east

Ikki yil ichida Homs harbiy shifoxonasida 5210 kishi o‘ldirildi — Suriya muxolifati

Suriyaning sharqidagi Dayr-az-Zor viloyatidagi AQSH harbiylari joylashgan “Conoco” gazni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Suriyaning SANA davlat axborot agentligi o‘z manbalariga asoslanib.

Isroilning “The Jerusalem Post” gazetasi “Deir Ezzor 24” mahalliy yangiliklar manbasiga asoslanib xabar berishicha, portlash minomyot snaryadidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

AQSH Mudofaa vazirligi va ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, o‘z navbatida portlash AQSH armiyasiga qilingan “bilvosita hujum” oqibati ekanini aytdi. Qurbonlar, yaradorlar va vayronagarchiliklar yo‘q.

Iyun oyi oxirida “Dayr-az-Zor” viloyatidagi “Omar ”neft koni yaqinida AQSH harbiy kuchlari joylashtirilgan hudud raketa zarbalari ostida qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing