Afg‘onistonni kimlar boshqaradi? “Tolibon” hukumat tarkibini e’lon qildi 

Olam

image

Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakati bugun, 7 sentyabr kuni hukumat tarkibini e’lon qildi. Bu haqda “Ariana News” harakat vakili Zabihullo Mujohidga tayanib xabar berdi

  • Qayd etilishicha, mujohidlardan bo‘lgan Amir Xon Mutaki Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi;
  • kutilganidek, toliblar vakili mulla Muhammad Hasan Oxun Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi;
  • “Tolibon” rahbari o‘rinbosari Muhammad Yoqub Afg‘oniston Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi;
  • “Tolibon” harakati siyosiy boshqarmasi rahbari mulla Abdul G‘ani Barodar Afg‘oniston Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari; 
  • “Tolibon” vakili Sirojiddin Haqqoniy Afg‘oniston Ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi;
  • Abdul Hak Vosiq Afg‘oniston razvedkasi rahbari;
  • “Tolibon” vakili Muhammad Xanif Afg‘oniston Iqtisodiyot vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Ma’lum qilinishicha, e’lon qilingan hukumatning ushbu tarkibi vaqtinchalik bo‘lib, kelajakda yana o‘zgarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, toliblar shu vaqtga qadar hukumat tuzishni ikki marta kechiktirib, buni bo‘ysunmayotgan Panjsher viloyatini egallagach amalga oshirishlarini ma’lum qilgandi. Kecha, 6 sentyabr kuni Panjsherni egallagan “Tolibon” bugun hukumat tarkibini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

639

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing