Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash kengashi tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida"gi qarorni imzolagani haqida xabar bergandik.

Qarorga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish kengashi tashkil etilishi belgilandi.

Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar va chora-tadbirlarning har bir viloyatda, tumanda (shaharda) amalga oshirilishini hamda mas’ullar tomonidan ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;

aholi, eng avvalo, yoshlar orasida tibbiyot va ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda sog‘lom oilani shakllantirish, o‘smirlar, ayniqsa, o‘smir qizlar reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha keng targ‘ibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish va olib borish;

onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tizimi muassasalari faoliyatini chuqur tahlil qilish, ushbu yo‘nalishda tegishli vazirlik va idoralarning ishini muvofiqlashtirish, onalar va bolalar kasallanishi hamda o‘limini kamaytirish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing