Aholi orasida yana 9 ta koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi

Jamiyat

image

2020 yil 10 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 nafarga ortib 4623 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari Karantin muassasalarida, 9 nafari esa aholi  orasida qayd etildi. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Ayni paytda yurtimizda 3532 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foizi) sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1072 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari ko‘rsatilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

273

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing