Aholi kelgusi 12 oyda narx oshishi borasida nimadan xavotirda?

Jamiyat

image

Kelgusi 12 oyda import tovarlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashishi narxlar oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan mart oyi uchun “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari sharhi”da keltirilgan.

Iyul oyida o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi bo‘yicha aholining inflyatsion kutilmalari iyun oyiga nisbatan pasayib, 15,5 foizni, inflyatsion kutilmalarning mediana qiymati esa 1,1 foiz bandga qisqarib, 13 foizni tashkil etgan. Kutilmalar mart oyiga nisbatan sezilarli kamaygan bo‘lsa-da, ayni paytda joriy yil boshiga nisbatan yuqoriroq darajada shakllangan.

Inflyatsion kutilmalarning pasayishi: 

•  asosiy turdagi iste’mol narxlari o‘sishi o‘zining yuqori nuqtasidan o‘tgani; 
•  iyul oyida mavsumiy meva-sabzavotlar narxining arzonlashgani;
•  energiya narxlari liberilizatsiyasining keyinroq muddatga qoldirilishi; 
•  oxirgi oylarda milliy valyuta almashuv kursining barqarorligi bilan izohlangan.

Aholi kelgusida narxlarga oshishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida import tovarlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashishi (55 foiz), narxlarining sun’iy oshirilishi (43 foiz) hamda yoqilg‘i va energoresurslar narxlari oshishi mumkinligi (36 foiz)ni ko‘rsatgan.

Shuningdek, ushbu oyda kommunal xizmatlar oshishi bo‘yicha aholi kutilmalari pasaygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing