Ahmadboy ishi bo‘yicha sud yangi hukmni e’lon qildi

Jamiyat

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudida sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev (Ahmadboy) va boshqalarga nisbatan uchinchi sud hukmi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”, “v” bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ahmadjon Tursunboyevga tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2019 yil 20 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, u 52 mln 96 ming so‘m jarima to‘laydi.

Ushbu sud jarayonida 230 dan ziyod jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi va ularga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadboy ishi bo‘yicha birinchi sud 2018 yil fevralida o‘z nihoyasiga yetgan. Sud hukmiga ko‘ra, unga 13 yil qamoq jazosi tayinlangan.

May oyida bo‘lib o‘tgan ikkinchi sudda esa u 10 yil muddatdan ozodlikdan mahkum etilgan. Birinchi suddagi jazo qo‘shilgan holda Ahmadjon Tursunboyevga 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish va EKIHning 400 baravari miqdoridagi jarima tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ahmadboy Ahmadjon Tursunboev

Baholaganlar

291

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing